“O‘zbekko‘mir” korxonasining Angren ko‘mir koniga 80 million dollar kredit ajratiladi, dedi prezident. U ko‘mirga bo‘lgan talab 1,5 barobar oshishini aytdi va qazib olishni 22,6 foizga — 6,5 million tonnagacha oshirish vazifasini qo‘ydi. Ko‘mir qazib olish birinchi chorakda 14 foizga qisqargandi.
O‘zbekistonning 11 oylik tashqi savdo hisobotida noyabrda 173 mln dollarlik ko‘mir importi qayd etildi. Statqo‘m ko‘mir va gaz ko‘rsatkichlari almashib qolgani, shuning uchun bunday katta miqdorda ko‘mir olinganday ko‘ringanini ma’lum qildi. Qozog‘iston statistikasi bilan farq bo‘yicha ham tushuntirish berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting